Xitoyning China Shandong Huada Group kompaniyasi Andijon viloyatida 500 mln dollarlik logistika parki quradi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

27 avgust kuni viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov Xitoyning China Shandong Huada Group kompaniyasi vakillari bilan muzokara ötkazgan. Muzokaralar davomida Qörğontepa va Xöjaobod tumanlarida logistika parki quriş uçun 500 mln dollar investitsiya kiritişi töğrisidagi kelişuviga erişilgan.

Uçraşuvda töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş hamda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilingan. Loyiha doirasida temiryöl va avtomobil yöllariga xizmat qiluvçi zamonaviy logistika parki taşkil etilişi közda tutilmoqda.

Hokimlik taqdim etgan loyiha sxemasiga köra, yangi park yaqin vaqtlarda şakllanişi kutilayotgan yirik transport koridoriga xizmat qiladi. Bu koridor Lxasedan boşlanadigan va qurilişi rejalaştirilgan temiryöl, hozir barpo etilayotgan Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temiryöli hamda Andijon–Toşkent–Samarqand avtomagistrallarini qamrab oladi.

Muzokaralardan söng investorlar va mahalliy mutasaddilar loyiha amalga oşiriladigan yer maydonlarini közdan keçirdi. Loyihaning amalga oşirilişi mintaqada transport oqimini köpaytirib, eksport va savdo imkoniyatlarini kengaytirişi kutilmoqda.