Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Taşabbusli budjet» jarayonida ovoz beriş amaliyoti bekor qilingani haqidagi xabarlarni rad qildi.
Qayd qilinişiça, «Taşabbusli budjet» jarayonlarini yanada takomillaştiriş maqsadida qabul qilingan prezident qarorida 2026 yildan boşlab, ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat örtasida şeriklik asosida moliyalaştiriş tartibi joriy etilişi belgilangan.
«Bunda ayrim fuqarolar tomonidan mazkur band notöğri talqin qilinib, endi taşabbusli budjetda ovoz beriş amaliyoti bölmas ekan, degan tuşunça şakllanmoqda», deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanişiça, «Taşabbusli budjet» doirasida loyihalarga ovoz töplaş hamda eng köp ovoz töplagan loyihalar orasidan ğoliblarni aniqlaş amaliyoti saqlab qolinadi hamda uşbu yönaliş uçun har yili Davlat budjetidan tegişli mablağlar ajratilişi davom ettiriladi.
«Qabul qilingan qarorga köra, mazkur amaliyotga qöşimça ravişda, mahallalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida hamda faol mahallalardan kelib tuşgan takliflarni inobatga olgan holda loyihalarni şerikçilik asosida moliyalaştiriş amaliyoti joriy etiladi. Bunda, mahallalar ixtiyoriy ravişda öz loyihalarini bir qismini moliyalaştirgan holda loyihalarni şerikçilik asosida amalga oşiriş imkoniyatiga ega böladi. Şerikçilik asosida loyihalarni moliyalaştirmagan mahallalar an’anaviy ravişda «Taşabbusli budjet» jarayonida ovoz töplagan holda iştirok etişi mumkin böladi», deyiladi bayonotda.










