Qirğiziston çegara xizmati Özbekiston bilan çegarada ikki qirğizistonlik halok bölganini ma’lum qildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 25 avgust kuni militsiyaga Jalolobod viloyatining Çotqol tumanidagi Ayğir-Jal qişloğida yaşovçi ikki kişi bedarak yöqolgani haqida xabar berilgan. 28 avgust kuni işçi uçraşuv doirasida Özbekiston tomoni çegara vakillari 15 avgust kuni Özbekiston Respublikasi hududida, Qirğiziston, Özbekiston va Qozoğiston çegaralari tutaşgan hududda Özbekiston çegara naryadi ikki nafar noma’lum fuqaroni aniqlaganini ma’lum qilgan. Özbekiston tomonining ma’lumotlariga köra, ular çegaraçilarga böysunmagan va qölga olişga uriniş çoğida çegaraçilar qurol işlatgan. Oqibatda har ikki fuqaro öq jarohati olib, halok bölgan.

Ta’kidlanişiça, 31 avgust kuni bedarak yöqolgan qirğizistonliklarning qarindoşlari Özbekistonga jönab ketdi va halok bölganlarning şaxsini tasdiqladi. 1 sentabr kuni «Baymak» nazorat-ötkaziş punkti orqali Qirğiziston Respublikasi ikki fuqarosining jasadi Qirğiziston tomoniga topşirildi va ekspertiza uçun Kerben ölikxonasiga yetkazildi.

Bundan taşqari, Qirğiziston va Özbekiston çegara idoralari rahbarlari 2 sentabrdan boşlab voqea joyini birgalikda örganişga kelişib oldi. Özbekiston tomoni halok bölgan fuqarolarning topilgan mol-mulki - uçta ot va çodirni Qirğizistonga topşirişga tayyorligini bildirdi.

Ta’kidlanişiça, qirğizistonliklarning ölimi tafsilotlari böyiça har tomonlama tekşiruv ötkazilmoqda, uning natijalari jamoatçilikka yetkaziladi.