Apple AQŞda sotiladigan iPhone’lardagi SIM-karta slotidan voz keçişga qaror qilgan edi. 9To5Mac xabariga köra, Yevropada sotiladigan iPhone 17 smartfonlarini ham xuddi şunday taqdir kutmoqda. Buning örniga yangi smartfonlarda eSIM işlatiladi.

Ma’lum qilinişiça, Apple Yevropadagi firma dökonlaridagi xodimlarini eSIM texnologiyasi bilan işlaşni örganişga majbur qilgan. Kursni yakunlaşning sönggi muddati 5 sentabr, ya’ni iPhone 17 taqdimotidan bir neça kun oldin qilib belgilangan. Taqdimot 9 sentabrga belgilangan.

eSim - bu foydalanuvçilarga jismoniy plastik SIM-kartadan foydalanmasdan uyali aloqa tarif rejasini faollaştiriş imkonini beruvçi raqamli SIM-karta. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, iPhone’dan SIM-karta uçun slotni olib taşlaş bir qator afzalliklarga ega böladi:

  • Smartfon korpusida joy böşaşi akkumulyator siğimini oşiriş yoki boşqa komponentlarni joylaştiriş uçun işlatilişi mumkin.
  • Fizik tirqişning yöqolişi konstruksiyani soddalaştiradi, çang va namlikdan himoya qiliş darajasini oşiradi.
  • Nihoyat, butun dunyo böylab apparat platformasini birlaştiriş kompaniya uçun işlab çiqariş jarayoni va logistikani ham soddalaştiradi.

2024 yil noyabr oyida The Information naşri iPhone 17 Air’ning barça versiyalarida, mintaqadan qat’i nazar, smartfonning qalinligi tufayli SIM-karta uçun slot bölmasligini yozgan edi. Ehtimol, özgarişlar hozirça faqat unga taalluqlidir.

iPhone 17 smartfonlaridan taşqari, kompaniya bir vaqtning özida uçta Apple Watch va AirPods 3 Pro modellarini ham taqdim qiladi. Bundan taşqari, AirTag 2 ustida iş olib borilayotgani haqida miş-mişlar bor. Insayderlar ma’lumotlariga köra, Apple bu oyda kamida 7 ta yangi qurilmani taqdim etadi.