Turkiya va Özbekiston Içki işlar vazirliklari hamkorligida ötkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblangan 3 şaxs qölga olinib, Özbekistonga deportatsiya qilindi. Ular qidiruvda bölgan. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.  

Ma’lum qilinişiça, qölga olingan va Özbekistonga deportatsiya qilingan şaxslar 1982 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan Arabov Ğanijon Murodilloyeviç, 1992 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan Boboyusupova Şoxista Töqsanboy qizi hamda 1970 yilda Navoiy viloyatida tuğilgan Muqimova Gulzoda Xuşvaqtovna bölgan.

Uşbu şaxslarning xatti-harakatlaridan jabr körgan fuqarolardan IIV yoki uning quyi tizimlariga, Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasiga murojaat qiliş söralgan. Şuningdek, keyingi vaqtlarda firibgarlik sodir etilişi holatlari yuzasidan Boş konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortgani ma’lum qilingan. Boş konsulxona fuqarolarni firibgarlarga aldanib qolmaslikka çaqirgan.

Oldinroq Interpol qidiruvida bölgan özbekistonlik Tailandda uşlanib, Özbekistonga deportatsiya qilingandi.