DXX Çegara qöşinlari xabariga köra, qirğizistonlik ikki nafar fuqaro ölimi bilan tugagan hodisada ularga qarata öq uzgan özbekistonlik çegaraçilarning xatti-harakatlari asosli deb topildi.
Qayd qilinişiça, 15 avgust kuni Toşkent viloyati, Böstonliq tumani, Ugam-Çotqol qöriqxonasi yaqinidagi çegara mintaqasida 2 nafar noma’lum şaxslarning harakatlanayotgani kuzatilgan.
Çegara naryadi öz vakolati doirasida ularga töxtaşni buyurgan, lekin ular qoçişga uringan. Şunda çegaraçilar qoidaga köra, ularni töxtatiş uçun osmonga qarata bir neça bor ogohlantiruvçi öq uzgan.
Ammo, ular çegara naryadining qonuniy talablariga böysunmay, davlat çegarasi tomon harakatni davom ettirgan. Şundan keyin, sönggi çora sifatida ularga nisbatan qurol işlatilgan.
Natijada, ular yaralanib, harbiy xizmatçilar tomonidan birinçi tibbiy yordam körsatilişiga qaramay, voqea joyida vafot etgan. Hodisa joyi közdan keçirilganida, 1 dona çodir, 3 boş ot, oziq-ovqat mahsulotlari hamda yaşirinişga ulgurgan uçinçi şaxsning izlari topilgan.
Holat yuzasidan şu kunning özida Qirğiziston va Qozoğiston çegara idoralari xabardor qilingan.
31 avgust kuni vafot etganlar Qirğiziston fuqarolari ekanligi aniqlanib, ularning jasadi qarindoşlariga topşirilgan.
Özbekiston va Qirğiziston çegara idoralari rahbarlarining özaro kelişuviga asosan, 2-3 sentabr kunlari hodisa joyi hamkorlikda közdan keçirilgan.
«Örganişlar natijasida çegara naryadining xatti-harakatlari Özbekiston qonunçiligiga asosan amalga oşirilgani, yuqorida körsatilgan Qirğiziston fuqarolari tomonidan Davlat çegarasi buzilgani, şuningdek, uçinçi şaxsning Qirğiziston tomonga qaytib, yaşirinişga ulgurgani komissiya tomonidan tasdiqlandi. Qoçgan şaxsni aniqlaş va tegişli çora köriş yuzasidan kelişuvga erişildi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, bu kabi holatning oldini oliş maqsadida, har ikki tomon çegaraoldi hududlarda istiqomat qiluvçi aholi bilan tuşuntiriş işlarini olib boriş hamda murakkab toğli xududlarni qöriqlaşda özaro hamkorlikni yanada kuçaytirişga kelişildi.













