Davlat xavfsizlik xizmati joylarda firibgarlik qilib yurgan davlat xizmatçilarini aniqladi.
Soliqçi, 6 mln söm
Surxondaryo viloyati Şörçi tumani soliq inspektori pora olgan vaqtida uşlandi.
U xizmat mavqeyidan foydalangan holda 1999 yilda tuğilgan fuqaro bilan til biriktirib, mahalliy tadbirkorga tegişli MÇJning 19 mln 400 ming sömlik soliq qarzdorligini söndirib beriş evaziga, 8 mln söm talab qilişgan.
Dastlab 1999 yilda tuğilgan fuqaro söralgan pul mablağini olgan vaqtida uşlangan. Söngra tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu fuqarodan 6 mln sömni uçinçi şaxs orqali olgan vaqtida soliq inspektori ham qölga tuşgan.
Hozirda soliqçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 210-moddasi (pora oliş) 2-qismi “v” bandi bilan, uning jinoiy şerigi bölgan fuqaroga esa Jinoyat kodeksining 28,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 212-moddasi (pora oldi-berdisida vositaçilik qiliş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
Tezkor tadbirlar DXX, prokuratura va içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan.
Quriliş mansabdori, 15 ming dollar
Toşkent viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasi yuristkonsulti jinoiy tarzda 15 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
DXXga köra, u viloyat ma’muriy sudining apellyatsiya instansiyasida körib çiqilayotgan ma’muriy işni mansabdor tanişlari orqali tadbirkorning foydasiga hal qilib berişni va’da qilgan.
Bu tadbirkor Böka tumanida aholiga xizmat körsatuvçi MÇJ ta’sisçisi ekani aytilyapti.
Holat yuzasidan yuristkonsultga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi (pora beriş) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
Tezkor tadbirni DXX va Boş prokuratura departamenti özaro hamkorlikda ötkazgan.
Sanoat zonasi mansabdori, 15 ming dollar
Ma’lum qilinişiça, yanvar oyida Farğona viloyati Furqat tumanidagi “Yoşlar kiçik sanoat zonasi” hududidan mahalliy MÇJga quriliş materiallari işlab çiqariş maqsadida uzoq muddatga 22 sotix yer maydoni ijaraga berilgan.

















