6 sentabr kuni Isroil armiyasi matbuot kotibi Aviçay Adre şahar aholisi janubdagi Xon-Yunus qirğoq hududidagi maxsus belgilangan joyga evakuatsiya qilinişini yozdi. Unga köra, u yerda oziq-ovqat, tibbiy yordam va boşpana taqdim etiladigan «gumanitar zona» böladi.
Keyinçalik Isroil armiyasi köp qavatli binoni bombardimon qildi. IDFga köra, bu binodan Hamas foydalangan, lekin Isroil bunday portlatişga doimgidek dalil keltirilmagan.
Just now in #Gaza City: the last remains of a residential building were crushed on top of a defenceless population. Israel’s barbarity defies words — and the world’s inaction is nothing less than complicity. pic.twitter.com/0jJPDSMzOi
— Husam Zomlot (@hzomlot) September 5, 2025
Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats zarbadan söng köp qavatli bino qulab tuşayotganini körsatadigan videoni ulaşdi. Havoga katta çang va ğiştbölaklari kötarildi. Halok bölganlar bor-yöqligi darhol noma’lum qoldi.

Hamas bu binodan foydalanganini rad qildi, falastinliklar esa bino köçirilgan odamlar uçun boşpana bölib xizmat qilganini aytdi.

Al-Jazeeraʼning tibbiy manbalarga tayanib yozişiça, şanba tongidan buyon Isroil hujumlari oqibatida Ğazo böylab kamida 41 nafar falastinlik halok bölgan. Ulardan 25 nafari Ğazo şahrida, olti nafari esa yordam izlayotganlar bölgan.
Xon Yunusdagi al-Mavosi hududi - Isroil «gumanitar zona» taşkil qilayotganini aytgan joyda esa çodir lagerining bombardimon qilinişi oqibatida ikki kişi halok bölgan.















