“Work and travel” şaklida AQŞga işga jönatişni va’da qilgan “American Adventure” firmasi vakillari firibgarlikda ayblanmoqda. Şartnoma şartlari bajarilmagan, köplab holatlarda pullar qaytarib berilmagan. Mijozlar Amerikadagi “iş beruvçi” tomonidan suhbatdan ötkazilgan bölib, jabrlanuvçilardan biri bu suhbatlar spektakl bölgan bölişi mumkinligini aytdi.
Toşkentda xorijga işga yuboriş bilan boğliq firibgarlikda ayblanayotgan “American Adventure” turfirmasi vakillari ustidan sud boşlandi. Iş JIB Yunusobod tuman sudida sudya Umidbek Musayev raisligida körilmoqda.
Sudlanuvçilar – firma rahbari Azimjon Najmiddinov va firmada norasmiy işlagani aytilayotgan Bekzod Mahmudov. Ammo sudda Mahmudov yöq – jabrlanuvçilardan biri uni çet elga qoçib ketgan deb hisoblaydi.
“American Adventure” işi oldinroq Kun.uz'da yoritilgan edi. Öşanda bir neçta fuqaro firmaga qanday aldangani va pullari qaytarilmayotgani haqida sözlab bergandi.
4 sentabrdagi sud majlisida 10 ga yaqin jabrlanuvçi körsatma berdi.
Firmaning mijozlari oldidagi va’dalari – “work and travel”dasturi doirasida AQŞga jönatiş, iş bilan ta’minlaş, elçixonaga suhbatga navbat oliş, tibbiy suğurta qiliş va boşqa qulayliklar bölgan.
Odamlar firma xizmatlari uçun 3 400 dollargaça tölagan. Elçixona suhbat çoğida fuqaroga viza berişni rad etsa, “American Adventure” suhbatga kiritganlik uçun tölangan pul mablağidan 500 dollargaça uşlab qolgan. Qolganlarini qaytarib berişi kerak bölgan, lekin şartnoma şartlari bajarilmagan.
Jabrlanuvçilar şartnoma tuziş, pul oldi-berdisida asosan Afzal ismli şaxs bilan muloqotda bölişganini aytişdi.
“2023 yilning yanvar oyida örtoğim “American Adventure”ning “work and travel”dasturini maslahat berdi. Keyin ofisini topdim, Afzal aka: “Tölov summasi 3 400 dollar, birdaniga tölasangiz 500 dollar çegirma” dedi. 1 fevral kuni kelib, 2900 dollar tölovini qildim. Bu tölovga elçixonaga kirişgaça bölgan barça hujjatlarimizni qilib beramiz, deyişdi. Agar öşa aytilgan narsa qilinmasa, şartnoma böyiça 2023 yil oxirigaça pul qaytarib berilişi kerak edi. Keyin 2023 yilning mart oyida iş böyiça ariza topşirdim. May oyida işdan taklif keldi. 2 haftadan keyin Afzal aka “otkaz” böldi, degan javob berdi.











