7 sentabr kuni Amerika Qöşma Ştatlari Özbekistonga deportatsiya reysini amalga oşirdi. Bu haqda AQŞning Toşkentdagi elçixonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, uşbu reysda AQŞda qonuniy qoliş huquqiga ega bölmagan 39 nafar Özbekiston fuqarosi qaytarilgan.

«Uşbu parvoz AQŞ öz çegaralarini mustahkamlaş böyiça olib borayotgan davomli harakatlar tizimining navbatdagi qismi hisoblanadi. AQŞ noqonuniy immigratsiyaga barham beriş, mamlakat çegaralari va fuqarolarini himoya qilişga qat’iy bel boğlagan. AQŞga noqonuniy kirib kelganlar qamaladi va deportatsiya qilinadi», deyiladi xabarda.

Şuningdek, AQŞ Özbekiston hukumatiga deportatsiya jarayonlarini amalga oşirişdagi yaqin hamkorligi uçun «özining çuqur minnatdorçiligini» izhor qilgan.