Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirishi mumkin
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdulaziz Isroilov boshchiligidagi delegatsiya London shahriga safari davomida britaniyalik investor ser Garri Janogli bilan muzokara o‘tkazdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, xususan, Toshkent shahrida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilindi.
Britan tomoni O‘zbekistonda oxirgi yillarda investitsiya muhitini yaxshilash, biznes yuritishdagi byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar bilan tanishdi. Ayniqsa, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar alohida ta’kidlandi.
Toshkent shahrida qurilish sohasida va maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ser Garri Janogli mazkur sohada yuqori investitsiyaviy salohiyat mavjud ekanini aytish barobarida, o‘zi rahbarlik qiladigan kompaniyalar O‘zbekistonda ana shunday loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor ekanligini bildirdi.
Tomonlar mazkur tashabbus nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlash, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, zamonaviy texnologiyalarni O‘zbekistonga jalb etish va atrof-muhitga mas’uliyatli yondashuvni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidladi.
Mavzuga oid
18:58
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
21:11 / 03.07.2026