Yevropa davlatlari Vaşingtondan Moskvaga qarşi sanksiyalarni kuçaytirişni istasa, Rossiya neft va gazini sotib olişni töxtatişi kerak. Bu haqda 8 sentabr, duşanba kuni çop etilgan Financial Times gazetasiga bergan intervyusida AQŞ energetika vaziri Kris Rayt aytdi.
«Agar yevropaliklar çiziq çizib: «biz Rossiya gazini sotib olmaymiz, Rossiya neftini olmaymiz» desa, bu AQŞning yanada tajovuzkor bölişiga (sanksiya kiritişda) ijobiy ta’sir qiladimi? Albatta», — deydi Rayt.
U Rossiya energiya resurslarini Amerika suyultirilgan tabiiy gazi, benzini va boşqa mahsulotlari bilan almaştirişni taklif qildi. Uning sözlariga köra, bu YeIga AQŞ bilan savdo kelişuvi şartlarini bajarişga imkon beradi, unga köra, Yevropa davlatlari 2028 yil oxirigaça AQŞning 750 milliard dollarlik energiya resurslarini sotib olişi kerak.












