Hukumat qarori (.pdf) bilan avtomobillardan atmosferaga çiqayotgan ifloslantiruvçi moddalar taşlamalarini qisqartiriş böyiça «Ekologik transport» tizimini joriy etiş muddati yana özgartirdi. Yangi muddat 2026 yil 1 yanvar qilib belgilandi.
Qayd qilinişiça, «Ekologik transport» tizimi:
- birinçi bosqiçda (2025 — 2027 yillarda) — Toşkent şahrida;
- ikkinçi bosqiçda (2028 — 2030 yillarda) — Nukus şahri va viloyatlar markazlarida hamda, zaruratga köra, alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qöriqxonasi, soğlomlaştiriş hamda dam oliş maskanlari va boşqalar);
- uçinçi bosqiçda (2031 — 2034 yillarda) — boşqa barça hududlarda işga tuşirilişi rejalaştirilgan.
Qarorda belgilanişiça, avtotransportning ekologik me’yorlarga muvofiqligini baholaş uçun işlab çiqaruvçining ekologik sinf («Yevro») haqidagi ma’lumotlari qöllaniladi.
Ekologik sinfga mansubligini aniqlaş imkoni bölmagan transport vositalarining normativlarga mosligi Içki işlar vazirligining «Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari körsatiş markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan diagnostika tekşiruvidan ötkaziladi va aniqlanadi.
Taşlanmalarning zararlik darajasiga qarab avtomobilga yaşil, sariq yoki qizil stiker beriladi.
Dastlab ekostikerlarni joriy etişni 2024 yil 1 iyunidan boşlaş rejalaştirilgan, biroq keyinroq hukumat bu jarayonni 2025 yil 1 martga köçirgan edi.












