«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, Özbekistonning Istanbuldagi boş konsuli Şerzod Abdunazarov Bakirköy tumani maʼmuriyati rahbari Ayşegyul Ovaliöğlu bilan uçraşib, maktab loyihasini muhokama qilgan.

Tomonlar bölajak maktab Turkiyada istiqomat qilayotgan özbekistonliklar farzandlarini milliy qadriyatlar va ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlagan.

Maktabga 2026-yil yanvar oyida Özbekiston va Turkiya prezidentlari iştirokida tamal toşi qöyilgan edi. Şundan buyon zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş va obyektni loyihalaştiriş işlari olib borilgan.

Uçraşuv yakunida qurilişni imkon qadar qisqa muddatda boşlaşga kelişilgan. Bakirköy maʼmuriyati quriliş va taşkiliy bosqiçlarda zarur yordam körsatişga tayyorligini bildirgan.

Şu kuni boş konsul Turkiya Milliy taʼlim vazirligi vakillari hamda Istanbul viloyati Milliy taʼlim boşqarmasi rahbariyati bilan ham muzokaralar ötkazgan.

Uçraşuvlarda Turkiya tomoni ötkazgan loyiha ekspertizasi xulosasi va aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça maʼlumotlar taqdim etilgan. Uşbu tavsiyalar asosida maktab loyihasini işlab çiqqan O‘zgüven kompaniyasi xodimlari bilan işçi uçraşuv ham bölib ötgan.

Maktab qurilişi boşlanadigan va muassasa oçiladigan aniq sanalar xabarda keltirilmagan.