Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston energetika sohasiga Britaniyaning ilg‘or texnologiyalari yo‘naltiriladi
O‘zbekiston elchixonasida Cavitas Energy kompaniyasi rahbari Grem Makney bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda neft-gaz sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, energetika sohasiga ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish imkoniyatlari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, Cavitas Energy kompaniyasining zamonaviy texnologiyalari orqali iqtisodiy jihatdan samarasiz deb baholangan neft konlarini tijorat jihatdan rentabel aktivlarga aylantirish imkoniyatlari ham batafsil ko‘rib chiqildi.
Mazkur yondashuv nafaqat mavjud resurslardan oqilona foydalanish, balki mamlakat energetika salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
"Cavitas Energy kompaniyasi O‘zbekiston bilan uzoq muddatli va amaliy hamkorlik o‘rnatishga tayyor, – dedi Grem Makney. – Shu bilan birga, kompaniyamiz o‘zining ilg‘or texnologiya va yechimlarini O‘zbekiston energetika sohasi rivojiga yo‘naltirishga katta qiziqish bildirmoqda".
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026