Bosh prokuratura hamda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarning seysmik xavfsizligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, 396 ta sifatsiz qurilish obekti aniqlandi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga materiallar yuborildi.
200 dan ortiq holat bo‘yicha sudlarga noqonuniy qurilishlarni buzish haqida da’vo kiritildi.
100 dan ziyod noqonuniy qurilishlar buzildi. 40 dan ortiq holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











