Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 sentabr kungi selektorda maktab ta’limi borasida qator topşiriqlar berdi.
Oliy maktablar
Ma’lum qilinişiça, Özbekistonning olis hududlarida yaşovçi 74 ming öquvçi 5-7 km uzoqlikdan maktabga qatnayapti.
Qaşqadaryo va Surxondaryo hokimlari bu masalaning içiga kirib, mablağini hal qilib, 100 ta maktabda bepul avtobus qatnovini yölga qöygan. Samarqand va Jizzax viloyatlari hokimlari ham bir oyda 100 ta şunday maktabga avtobus qatnovini yölga qöyiş taşabbusi bilan çiqqan.
Şavkat Mirziyoyev buni qolgan hududlar uçun namuna qilib körsatdi.
Ixtisoslaşgan maktablar
Yiğilişda aytilişiça, 3 yil içida iqtidorli öquvçilar uçun 201 ta ixtisoslaşgan maktab taşkil qilindi. Lekin 12 ta ixtisoslaşgan maktabda quriliş-ta’mirlaş işlari haligaça yakunlanmagan.
Tegişli viloyatlar hokimlariga işlarni yil oxirigaça yakuniga yetkaziş topşiriği berildi.

Axborot texnologiyalari
Ötgan yildan boşlab 1-sinflarda axborot texnologiyalari darslari yölga qöyildi. Keyingi öquv yilidan yuqori sinflar uçun sun’iy intellekt böyiça darslar kiritiladi.
Buning uçun 2 mingta sinf xonasiga kompyuter, 6300 ta interfaol doska kerak. Bu maqsadlarga zarur mablağlarni keyingi yil davlat budjetida nazarda tutiş topşirildi.
Iqtidorli öquvçilarga şaroit yaratiş uçun viloyatlarda axborot texnologiyalariga ixtisoslaşgan Al-Xorazmiy, muhandislik böyiça Mirzo Uluğbek, tabiiy fanlar yönalişida Ibn Sino maktablari filiallari taşkil etiladi.
Endi ularning barçasi hududlardagi texnika oliygohlariga nomma-nom biriktiriladi. Yaxşi natijaga erişgan bitiruvçilar uşbu oliygohlarning 2-kursiga qabul qilinadi.
Olimpiadalar
2026 yilda maktab öquvçilari örtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari içida ilk bor Özbekistonda bölib ötadi.
Boş vazirga Toşkentda uşbu olimpiadalarni yuqori saviyada ötkaziş uçun barça taşkiliy masalalarni nazoratga oliş topşirildi.
Raqamlaştiriş
Boğça va maktablardagi 10 dan ziyod xizmatlar raqamlaşgani hisobiga sohada korrupsiya keskin kamaydi.
Şu bilan birga, maktablarga öquvçilarni qabul qiliş, boğça tarbiyalanuvçilari davomati haligaça raqamli platformaga töliq ötmagan.
Masalan, mikrohududlar aniq belgilanmagani uçun 144 ta tumandagi 8 mingta maktabda öquvçilar eskiça tartibda qabul qilinmoqda, boğçalarda xodimlar tabeli qoğozda yuritilyapti.
Mutasaddilarga yil yakunigaça 144 ta tumandagi maktablarning mikrohududini aniq belgilaş topşirildi. Keyingi öquv yiligaça maktab va boğçalardagi barça xizmatlar töliq raqamli formatga ötişi şartligi qayd etildi.

Maktabdan taşqari ta’lim
Kuni keça prezident maktabdan taşqari ta’limni yangi bosqiçga olib çiqiş, öquvçilarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş böyiça qarorni imzoladi.
Joylardagi 219 ta “Barkamol avlod” maktabi, “Yoşlik” sport jamiyati, Öquvçi yoşlar markazi va Özbekiston bolalar taşkiloti negizida respublika, hudud va tumanlarda “Kelajak” markazlari taşkil etiladi.
“Kelajak” markazlari maktablar bilan uzviy va maqsadli tadbirlarni jonlantirib, muhandislik, ilm-fan, madaniyat, san’at, kitobxonlik, sport va ekologiya yönalişlari böyiça öquvçilarni tögaraklarga jalb qiladi.
Bu tizim bilan barça maktablar qamrab olinişi ta’kidlandi. Har bir örta maktabda maslahatçi lavozimi joriy qilinadi. Maslahatçilar öquvçilarning qobiliyati va qiziqişiga qarab, til, kasb, muhandislik, ijod, san’at va sport tögaraklarini taşkil qiladi.
Ma’naviy va ma’rifiy işlar böyiça direktor örinbosarlari sinf rahbari, maktab psixologi bilan xulq-atvorida salbiy özgariş bölgan öquvçilarni ta’lim va oiladagi muammolarini örganib, ularni yengib ötişga hamrohlik qiladi.
Mahalladagi yoşlar yetakçilari esa öquvçilarni maktabdan taşqari vaqtini mazmunli ötkazişi uçun mas’ul böladi.
Eng asosiysi, endi maktablarda öquvçilarning tögaraklar, sport, volontyorlik va olimpiadalarda erişgan natijalari böyiça “raqamli portfolio”si şakllanib, elektron şahodatnomada körsatiladi.












