AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Karolina ştatida piçoqlangan ukrainalik qoçqin Irina Zarutskaya qotilini «hayvon» deb atadi va «zudlik» bilan ölim jazosiga hukm qilinişi kerakligini ta’kiladi.

«Tinçlik va omonlik izlab Amerikaga kelgan ukrainalik gözal qizni bunçalik vahşiylarça öldirgan hayvonning [işini] tezkor [hal] qiliş kerak (bunga şubha yöq!). Sud jarayoni va faqat ölim jazosi tayinlanişi lozim. Boşqa variant bölişi mumkin emas!!!», deb yozdi Oq uy rahbari ijtimoiy tarmoqda.

The New York Post (NYP) gazetasining yozişiça, Qöşma Ştatlarning Şarlott şahrida «professional retsidivist», 34 yoşli kenja Dekarlos Braun 23 yoşli ukrainalik qoçqin Irina Zarutskayani piçoqlab öldirgan. Qotillik jamoat transportida sodir bölgan, gumonlanuvçi uysiz. Qotillik tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab böldi.

Şundan söng, Tramp ayolning ölimida AQŞ Demokratik partiyasini aybladi, çunki uning a’zolari «yomon odamlarni qamoqqa olişdan boş tortadi».

«[Qotil] taniqli professional jinoyatçi bölib, yanvar oyida 14 marta hibsga olingan va naqd pulsiz garov evaziga qöyib yuborilgan. [Nega] poyezdda, köçalarda sayr qilib yuribdi? Bunday jinoyatçilarni panjara ortiga tiqiş kerak», deb yozgan edi Tramp.

Irina Zarutskaya va Dekarlos Braun

NYP gazetasining yozişiça, Braun 2011 yildan beri «köp marta» hibsga olingan, xususan, öğirlik, xavfli qurollardan foydalangan holda talonçilik va tahdidlarni tarqatgan.

AQŞ respublikaçilari va demokratlari jazo va jinoiy ta’qib siyosati, şuningdek, odil sudlov va jinoyatçilar maqomini isloh qiliş böyiça keskin bahs-munozaralar olib bormoqda. Respublikaçilar an’anaviy ravişda jazoni kuçaytiriş ritorikasiga tayanadi, demokratlar esa jazolarni insonparvarlaştirişni talab qiladi.

2024 yil dekabr oyida Tramp «şafqatsiz zöravonlar, qotillar va yirtqiç hayvonlar uçun ölim jazosini qat’iy talab qilişga» va’da bergan edi. Uning ta’kidlaşiça, bu yöl bilan AQŞ «qonun va tartib-intizom mamlakatiga» aylanadi.