Loyiha doirasida nogironligi bölgan maktab öquvçilari taksi orqali maktabga va uyga bepul yetib boriş imkoniyatiga ega böladilar. Transport xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi — har bir bola uçun oyiga bazaviy hisoblaş miqdorining 1,2 baravari (494 400 söm) miqdorida. Imtiyoz beriş şartlariga qarab, safar narxining 60% yoki 100% qismi qoplanadi.

Agentlikning ta’kidlaşiça, uşbu taşabbusning maqsadi — nogironligi bölgan öquvçilar uçun maktabga xavfsiz va qulay yetib borişni ta’minlaş, şu bilan birga ularning oilalariga qöşimça yordam berişdir.

“Yangi şaharlarda ijtimoiy taksi xizmati yölga qöyilişi — davlat va xususiy sektor hamkorligining muhim natijasidir. Bu faqat transport xizmati emas, balki bolalarning jamiyat hayotida töliq iştirok etişi uçun şaroit yaratişdir”.

Buyurtmalar Yandex Go ilovasi orqali amalga oşiriladi. Foydalanişda qulaylik yaratiş maqsadida «Nogironlik aravaçasida bölaman», «Yordam kerak» kabi maxsus funksiyalar mavjud. Haydovçi bu ma’lumotlarni oldindan oladi va mos ravişda tayyorgarlik köradi.

Yandex Go xizmat körsatiş uçun uşbu buyurtmalardan heç qanday komissiya yoki foyda olmaydi. Davlat tomonidan tölanadigan mablağ töliq haydovçilarga yetkaziladi.