Yakkasaroy tumanida sodir bölgan yonğin töğrisida birlamçi ma’lumot taqdim etildi.
Bugun, 11 sentabr kuni soat 12:40 da Toşkent şahar, Yakkasaroy tumani, Quşbegi köçasida joylaşgan plastmassa quvurlari işlab çiqariş sexida yonğin sodir bölgani töğrisida FVBga xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, yonğin-qutqaruvçilar soat 12:46 da hodisa joyiga yetib borib, yonğin soat 13:08 da qurşab olingan va soat 13:15 da öçirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, tan jarohati olganlar töğrisida xabar kelib tuşmagan.
Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri, Toşkent şahar FVB boşliği yetib borgan.











