Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev xalqqa murojaatida tösatdan ba’zi ayollarning şovqin-suron kötarib, behayolik qilişi haqida gapirdi. Va qozoğistonliklarni u aynan kimni nazarda tutgani va nima uçun öz nutqida bu haqda gapirgani haqida bahslaşişga majbur qildi.
«Tan oliş kerak, - dedi Töqayev, - hozir qöpollik, sökiniş, janjallar odatiy holga aylangan, ularni köpinça hatto jamoat joylarida, yöllarda ham kuzatiş mumkin. Ayniqsa, ayollarning odamlar köz öngida janjal kötarişi, behayo sözlarni aytişi, uyatsiz-buzuq işlarni qilişi kişini ranjitadi. Madaniy, sivilizatsiyalaşgan jamiyatda bunday harakatlarga yöl qöyib bölmaydi, ular mamlakatimizning xalqaro maydondagi obrösiga putur yetkazadi».
Prezident fuqarolarni ilğor millat böliş uçun «bunday salbiy xulq-atvor namunalaridan» xalos bölişga çaqirdi.
Davlat rahbarining bayonoti ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari orasida keng muhokama va bahslarni keltirib çiqardi.
Keyinçalik Oqörda stenogrammadagi tarjimaga tuzatiş kiritdi (bu sözlar qozoq tilida edi), ammo u avvalgidan ham yomonroq çiqdi.
«Tan oliş kerak, - dedi Töqayev tuzatilgan variantda, - hozir qöpollik, sökiniş, janjallar odatiy holga aylangan, ularni köpinça hatto jamoat joylarida, yöllarda ham kuzatiş mumkin. Afsuski, ular orasida janjal kötarayotgan, behayo sözlarni işlatayotgan, jamoat tartibini buzayotgan ayollar ham bor. Madaniy, sivilizatsiyalaşgan jamiyatda bunday harakatlarga yöl qöyib bölmaydi, ular mamlakatimizning xalqaro maydondagi obrösiga putur yetkazadi».
Prezidentning bu sözlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarni keltirib çiqardi. Ayniqsa, bu sözlardan ranjigan ayollarni töxtatib bölmasdi. Qozoğistonliklar prezidentni qaysi ayollar ranjitgani haqida bahslaşişni boşladi.
Ba’zilar Töqayevni «mizoginiya»da [ayollarga nisbatan nafrat], şuningdek, ötgan yili oilaviy zöravonlik uçun jazoni kuçaytirgan «Saltanat qonuni» va Jinoyat kodeksiga qaytgan kelin öğirlaş moddasini, stalking [ayollarni noqonuniy ta’qib qiliş] uçun jazoni bir zumda unutib qöyganlikda aybladi.
Boşqalar köpçilik holatlarda aynan erkaklar zöravonlik qilayotganini, ammo yakunda baribir «uruşvoz ayollar» ayblanişini, balki ayollar öz huquqlarini boşqaçasiga himoya qilişga ojiz bölgani uçun «uruşvoz bölişga majbur» bölayotganini ta’kidladi.











