Özbekistonda davlat mulki obekti bölgan futbol stadionlari va maydonlarining foydalaniş maqsadlarini özgartiriş va sotuvga çiqariş taqiqlandi.

Uşbu taqiq davlat rahbarining 21 avgust kungi qarorida belgilandi.

Qarorga köra, Kadastr agentligining axborot tizimlariga davlat mulkidagi futbol stadion va maydonlarining foydalaniş maqsadlari özgartirilişi hamda sotuvga çiqarilişi taqiqlanişi haqida tegişli özgarişlar kiritiladi.

2025 yil oxirigaça davlat mulkidagi futbol stadionlari va maydonlari xatlovdan ötkazilişi közda tutilgan. Xatlov natijalari böyiça, futbol stadionlari va maydonlari töğrisidagi ma’lumotlar 2026 yil iyuligaça “Milliy futbol elektron platformasi”ga kiritilişi zarur.

Egasi noma’lum stadion va futbol maydonlarining yer uçastkalari va bino-inşootlarini ham xatlovdan ötkazib, ularga bölgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkaziş topşiriği ham berildi.

Eslatib ötamiz, 2024 yil boşida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi “Paxtakor” klubini stadioniga qöşib sotuvga qöygan, jamoatçilik e’tirozlaridan keyin sotuv jarayoni töxtatilgan edi. Öşanda tadbirkor Jahongir Ortiqxöjayev klub va stadionni sotib olib rivojlantirmoqçi bölgani, lekin buning uçun 100 dollar ham tölamoqçi emasligini aytgandi. “Tekinga bersa olaman, pulga bersa olmayman”, degandi u.

Har bir mahallada futbol maydoni

Prezident qaroriga asosan, 2025 yil 1 oktyabrdan e’tiboran “Har bir mahallada futbol maydoni”