Angliyaning Liverpul şahrida ötkazilayotgan boks böyiça 2025 yilgi jahon çempionatida özbekistonlik boksçilar iştirokidagi dastlabki final bahsi ötkazildi.
–75 kg vazn toifasida finalgaça yetib kelgan Fazliddin Erkinboyev Bolgariya vakili Kivan Ramiga qarşi ringga çiqdi. Jangda Faziliddin raqibidan ustunligini körsata oldi va çempionlikni qölga kiritdi. Bu – Özbekiston hisobidagi dastlabki oltin medalga aylandi.
Erkinboyev finalgaça bölgan yölda nimçorak finalda turkiyalik Sulton Ösmonlini (5:0), çorakfinalda belgiyalik Hamza Sririni (5:0), yarimfinalda esa asli özbekistonlik, turnirda Ozarboyjon nomidan qatnaşayotgan Saidjamşid Jafarovni (4:1) mağlubiyatga uçratgandi.
13 sentabr kungi yarimfinal janglarida ayollar jamoasidan Cabina Boboqulova, Feruza Kazakova va Aziza Zokirova navbatdagi raqiblarga mağlub bölib, bronza bilan kifoyalandi.
Final. -75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Kivan Rami (Bolgariya) 5:0
Şuningdek, kun davomida ringga kötarilgan yana uç nafar boksçimiz final yöllanmasiga ega çiqdi.
Yarim finallar:
-48 kg: Sabina Boboqulova – Nazim Kizaybay (Qozoğiston) 1:4
-65 kg: Asadxöja Möydinxöjayev – Laşa Guruli (Gurjiston) raqib ringga çiqmadi
-80 kg: Javohir Ummataliyev – Gabriel Veoçiç (Xorvatiya) 5:0
-51 kg: Feruza Kazakova – Buse Naz Çaqiröğli (Turkiya) 1:4
-70 kg: Aziza Zokirova – Lekeişa Pergoliti (Avstraliya) 0:5
-85 kg: Akmaljon Isroilov – Mixail Fares (Avstriya) 5:0
Bungaça Nigina Öktamova, Sitora Turdibekova, Oltinoy Sotimbayeva, Humorabonu Mamajonova, Mirazizbek Mirzaxalilov, Şavkatjon Boltayev va Şodiyor Meliqöziyev çorakfinalda mağlub bölib, turnirni medalsiz yakunlagandi.
Şu tariqa, özbekistonliklar 1 oltin va 3 bronza bilan umumjamoa hisobida Hindistonni (1 oltin, 1 bronza) ortda qoldirib, 1-öringa kötarildi.













