Vengriyaning Seksard şahrida qabr qaziş böyiça XVIII çempionat bölib ötdi.

Tadbir Vengriya operatorlari va qabristonlarga xizmat körsatuvçilar uyuşmasi (MTFE) tomonidan taşkil etildi.

«Tanlovning maqsadi – görkov hamkasblarimiz mehnatini e’tirof etiş... Ularning kundalik işi nafaqat jismoniy tayyorgarlikni, balki ulkan ma’naviy kuç va professionallikni ham talab qiladi», deyiladi taşkilotçilar xabarida.

MTFE Sírásó Verseny nomi bilan tanilgan tanlov 2016 yildan beri ötkazilmoqda. Tadbirdan közlangan maqsad - görkovlik kasbining nufuzini oşiriş, «yoşlarni mehnatga jalb etiş hamda mahoratini namoyiş etişdan» iborat.

Iştirokçilar ikki kişilik jamoalarda bellaşadi. Vazifa şundan iboratki, çeklangan vaqt içida uzunligi 200 sm, kengligi 80 sm va çuqurligi 160 sm bölgan qat’iy standartlarga javob beradigan qabrni qaziş kerak. Bajarilgan işning tezligi, ölçamlarining aniqligi va estetikasi bilan baholanadi. 2025 yilgi musobaqada barça sovrinli örinlarni vengriyaliklar qölga kiritdi.