Qoraqalpoğistondagi Ustyurt platosida juda katta gaz zaxirasi topildi, deya ma’lum qildi Şavkat Mirziyoyev 15 sentabrdagi muloqotda.
«Mamlakatimizda yerosti boyliklarining ulkan zaxirasi mavjud. Ilgari neft-gaz sohasidagi qidiruv işlari faqat 2,5–3 ming metr çuqurlikda olib borilardi. Bu yil sanoatimiz tarixida birinçi marta Ustyurtda 6,5 ming metr yer qa’rini burğulab, juda katta gaz zaxirasi topildi», – dedi davlat rahbari.
Prezidentning ta’kidlaşiça, «törtinçi sanoat inqilobi»ni amalga oşiriş uçun dunyoda tellur, litiy, selen, grafit, molibden kabi texnologik minerallarga talab bir neça karra köpaymoqda. «Tahlillarga köra, dunyodagi volfram, molibden, rux va titan zaxiralarining 10−15 foizi mintaqamizga töğri keladi», – deya qöşimça qildi u.
«Uşbu ulkan resurslarni yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotga aylantiriş uçun bizga eng avvalo ilm, bilim va innovatsiya kerak», – dedi prezident.












