Bugundan klublar futbolida Yevropaning eng katta turniriga start beriladi. Ikkinçi yildirki, yangi formatda ötadigan musobaqaning muxlislar uçun avvalgilariga qaraganda yaxşi tomonlari köp. Birinçidan, format va taqvimdan kelib çiqib, deyarli har turda biz top-darajadagi raqiblar töqnaşuviga guvoh bölamiz. Ikkinçidan, öyinlar endi uç kun davom etadi va har kuni ikki vaqt slotiga ega. Ya’ni bemalol har turda 6 uçraşuvni töğridan töğri köriş imkoniyati böladi. Quyida 1-turning asosiy intrigalari haqida.

 

Mikel Arteta yana Baskoniyada

 

Mikel Arteta Baskoniyada, San Sebastyanda tuğilgan. Dösti Habi Alonso bilan birgalikda «Real Sosiyedad» klubining asosiy tarkibida töp surişni orzu qilişgan. Döstidan farqli ravişda, Mikelning nihoyat «Sosiyedad»da öynaşi biroz aylanma yöl – «Barselona», «PSJ», «Reyndjers» orqali sodir bölgandi. Arteta sevimli jamoasida uzoq qolmaydi – bir mavsum ham töliq öynamagan futbolçi taqdiriga avval «Everton», keyin «Arsenal» yozilgan ekan.

 

Bugun Mikel Arteta endi murabbiy sifatida Baskoniyaga qaytmoqda. Ha, «Sosiyedad» emas, «Atletik», lekin basklar öz farzandlariga qanday munosabatda bölişini juda yaxşi bilamiz. Ötgan mavsumda Ispaniyaning törtinçi jamoasi sifatida mustahkam örnaşib, yangi mavsumni ham şu maqomda davom ettirayotgan «Atletik» uçun ham «Arsenal» raqib sifatida juda ahamiyatli sinov. Axir klub 11 yillik tanaffusdan söng ilk bor Çempionlar Ligasida iştirok etyapti.

 

Yana bir muhim jihati, bu öyinni tomoşa qiliş uçun bir neçta qiziq öyinlar içida tanlov qiliş şart emas. Uçraşuv umumiy slotdan ikki soat avval, Toşkent vaqti bilan soat 21:45 da boşlanadi.

 

Alonso – de Dzerbi dueli

 

Roberto de Dzerbi «Brayton»da şu qadar muvaffaqiyatli işlaganki, hatto Pep Gvardiola futbol etaloni sifatida aynan şu jamoani körsatgan edi. Italiyalik mutaxassis biror top-klubni boşqarişi aytilar, nomzodlar qatorida «Real» ham tilga olinardi. Ammo uning «Brayton»ni tark etişi biroz notöğri vaqtga töğri keldi – «Liverpul» Slot bilan, «Barselona» Flik bilan kelişib bölgan, «MYu» Erik ten Hagga yana bir bor imkoniyat berişga qaror qilgan, «Real» esa Ançelotti bilan şartnomasini uzaytirgandi. Natijada de Dzerbi «Marsel» variantiga könişga majbur böldi.