Bu yerda elektr va issiqlik energiyasi faqat tabiiy gaz asosida işlaydigan zamonaviy qurilmalar orqali işlab çiqarilmoqda.
2024 yilda mazkur markazda umumiy quvvati 64 MVt bölgan yangi gaz-turbinalari foydalanişga topşirildi. Uşbu qurilmalar orqali 515 mln kVt soat elektr va 630 Gkal issiqlik energiyasi poytaxt aholisi va iqtisodiyoti ehtiyojlari uçun işlab çiqarilmoqda.
Şuningdek, Toşkent şahrida atmosfera havosini yaxşilaş doimiy e’tibor markazida bölib, energiya işlab çiqariş jarayonida ekologik xavfsizlik ta’minlanmoqda. Markazda joylaşgan 3 ta zamonaviy gaz-turbinali qurilmalarga ekopostlar örnatilgan bölib, ular orqali atmosferaga çiqarilayotgan gazlar doimiy monitoring markazi tomonidan kuzatilib, tahlil qilib boriladi.
Energetika sohasidagi xalqaro hamkorlik doirasida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ va Turkiyaning Iltekno kompaniyasi bilan birgalikda Toşkentning Çilonzor, Olmazor va Sergeli tumanlarida zamonaviy kogeneratsiya markazlari bunyod etildi.
Uşbu markazlarda sönggi avlod texnologiyalari joriy qilingan bölib, past bosimdagi tabiiy gaz asosida ham elektr va issiqlik energiyasi işlab çiqariş imkoniyati mavjud.
Mana şu kabi qurilmalar poytaxtning 7 ta — Mirzo Uluğbek, Yunusobod, Şayxontohur, Uçtepa, Mirobod, Yaşnobod, Yangihayot tumanlarida ham joriy etiladi.












