Giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş yönalişida Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari tomonidan Farğona viloyatida tezkor tadbir ötkazildi.

Qayd qilinişiça, muqaddam narkokurerlar tomonidan Afğonistondan kontrabanda yöli bilan Surxondaryo viloyatiga keltirilib, Yozyovon tumanida dalaga yaşirib qöyilgan 9 kg 896 g gaşiş moddasini qabul qilib olgan vaqtida marğilonlik ikki şaxs aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Şuningdek, voqea joyidan qoçişga uringan xususiy tadbirkorning yonida bölgan 14 ming 500 AQŞ dollari va 6 mln 250 ming söm ham protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Tergovga qadar tekşiruv davomida, uşbu noqonuniy işga aloqador bölgan uçinçi şaxsning yaşaş xonadonidan esa 110 g opiy, 2 ta elektron tarozi, 1200 AQŞ dollari hamda 28 mln söm protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Şuningdek, Qoraqalpoğistonning Törtköl tumanida yaşovçi, muqaddam narkotik moddalar savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan şaxs Xorazm viloyati, Hazorasp tumanida istiqomat qiluvçi şaxs bilan özaro til biriktirib, afğonistonlik narkosavdogarlarga katta miqdordagi giyohvandlik vositasini buyurtma bergan.

Öz navbatida giyohvandlik vositasi Afğonistondan Surxondaryo viloyati hududiga keltirilib, Törtköl tumanidagi xufiya joyda qoldirilgan.

Ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur şaxslar xufiya joydan 6 kg 149 g opiyni va 9 kg 814 g köknori somonini olgan vaqtida uşlangan.

Hozir mazkur şaxslarning barçasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlaş böyiça zarur çora-tadbirlar körilmoqda.