Latviya içki işlar vaziri Yanis Dombrava ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Belarus bilan çegara «texnik sabablarga köra» yopilganini ma’lum qildi. U hali Latviyaga qaytib ulgurmagan fuqarolarga mamlakatga kiriş uçun boşqa yönalişlardan foydalanişni tavsiya qildi.

Latviya Davlat çegara xizmati vakili Kristine Petersone ma’lum qilişiça, «Paterniyeki – Grigorovşçina» nazorat-ötkaziş punktida axborot tizimlarida yuzaga kelgan nosozliklar tufayli iş töxtatilgan. Hozirça muammoni qaçon bartaraf etiş mumkinligi ma’lum emas.

Bundan bir kun avval Yanis Dombrava Latviya fuqarolarini Belarusga safar qilmaslik yoki u yerda bölgan taqdirda tezroq mamlakatni tark etişga çaqirgan edi. Uning ta’kidlaşiça, Belarus tomonidan amalga oşirilayotgan «gibrid migratsiya uruşi» şaroitida ikki davlat örtasida xavfsiz harakatlaniş qiyinlaşişi mumkin.

Şu bilan birga, qöşni Litvada ham çegara xavfsizligi bilan boğliq holatlar kuzatilmoqda. 28 iyul kuni Litva çegaraçilari Belarus hududidan qazilgan yerosti tunnelini aniqlagan. Taxminan bir metr diametriga ega bölgan tunnel Litva hududiga çiqişga ulgurmagan bölsa-da, rasmiylar uni noqonuniy migrantlarni olib ötiş uçun qurilgan deb hisoblamoqda.

Polşada esa 2025 yil davomida Belarus tomonidan qazilgan yerosti tunneli orqali 180 nafardan ortiq noqonuniy migrant mamlakatga kirgani qayd etilgan. Ularning qariyb 130 nafari uşlangan. Şuningdek, ötgan yili Polşa çegaraçilari Belarus bilan çegarada şunday törtta yerosti tunnelini aniqlagan.