Şimoliy Koreya özining suvosti flotini rivojlantiriş uçun Rossiyadan yadroviy reaktor oldi. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasiga tayanib Newsweek yozdi.

Naşr Rossiya mudofaa va taşqi işlar vazirliklariga izoh sörab elektron xat yuborganini ma’lum qildi. Şu bilan birga, Şimoliy Koreyaning Pekindagi elçixonasi bu haqdagi sörovga javob qaytarmagan.

Ta’kidlaş joiz, 2024 yilda Rossiya va Şimoliy Koreya strategik şeriklik töğrisida şartnoma imzoladi, unga köra har ikki tomon özaro harbiy yordam körsatiş majburiyatini oldi.

Naşrning yozişiça, Pxenyan Moskvadan harbiy texnika evaziga Kremlning Ukrainadagi uruşini qöllab-quvvatlaş uçun qöşin va öq-dorilar bergan.

Naşrning qöşimça qilişiça, Şimoliy Koreya yadroviy va raketa dasturlarini rivojlantirişdan taşqari, boşqariladigan raketalarga ega atom suvosti kemasi va 5 ming tonna suv siğimiga ega ikkita esminets quriş orqali dengiz flotini kuçaytirmoqda. Bu harbiy-dengiz kuçlari ustun bölgan AQŞ va Janubiy Koreyaga qarşi turiş uçun qilinmoqda.

Qayd etilişiça, dizel-elektr suvosti kemalaridan farqli ölaroq, atom suvosti kemalari deyarli çeksiz çidamlilik, tezlik va suziş masofasiga ega. Ulardan foydalanişda yagona çeklov oziq-ovqat zaxiralari hisoblanadi.

Maqolada ta’kidlanişiça, AQŞ va Rossiya uşbu turdagi suvosti kemalaridan foydalanadigan kam sonli davlatlar qatoriga kiradi.

The Korea JoongAng Daily gazetasi 17 sentabr kuni Janubiy Koreya hukumatining bir neça vakillari sözlariga tayanib, yilning birinçi yarmida Rossiya Şimoliy Koreyaga «atom suvosti kemalari uçun ikki-uçta modul», jumladan, reaktor yetkazib berganini ma’lum qilgan. Bundan taşqari, boşqa modullar turbina va sovitiş tizimini öz içiga olgan bölib, ular ham suvosti kemasining yadroviy reaktori asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ta’kidlanişiça, bu modullar işlab çiqarilmagan, balki Rossiyaning foydalanişdan çiqarilgan atom suvosti kemalaridan olingan.

Xabarga köra, Rossiya dastlab Şimoliy Koreyaga atom suvosti kemalari texnologiyasi va zamonaviy qiruvçi samolyotlarni berişni istamagan, ammo oxir-oqibat bunga rozi bölgan.