Hujjat AEXA boş direktori Rafael Grossi va Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov tomonidan imzolandi.
"Yöl xaritasi" hamkorlikning strategik yönalişlarini belgilab, milliy atom energetikasi infratuzilmasini rivojlantiriş, tibbiyot, qişloq xöjaligi va ekologiyada yadro texnologiyalaridan foydalanişni kengaytiriş, yadro va radiatsiya xavfsizligini oşiriş, şuningdek, milliy kadrlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş kabi vazifalarni qamrab oladi.
Mazkur hujjatning imzolanişi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning AEXA boş direktorining 2024 yil dekabr oyida Toşkentga taşrifi çoğida ilgari surilgan taşabbusining amaliy ijrosi böldi.
Marosimda Rafael Grossi Özbekiston agentlikning mintaqadagi muhim va işonçli hamkori ekanini ta’kidlab, qöşma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilişiga işonç bildirdi.
Delegatsiya rahbari mazkur kelişuv mamlakat energetika sohasini modernizatsiya qiliş, ilğor texnologiyalarni joriy etiş va kadrlar salohiyatini mustahkamlaş uçun yangi imkoniyatlar oçayotganini alohida ta’kidladi.









