AQŞ Afğonistondagi «Bagrom» harbiy-havo bazasi ustidan nazoratni qaytarib olişga harakat qiladi, dedi Amerika prezidenti Donald Tramp.

«Biz Afğonistonni tark etganimizda, u yerda öz kuçimiz va qadr-qimmatimizni qoldirdik. Biz Bagromdagi yirik harbiy-havo kuçlari bazasini şunçaki berib yubordik va uni qaytarişga harakat qilamiz», dedi Tramp 18 sentabr kuni Londonda Britaniya hukumati rahbari Kir Starmer bilan qöşma matbuot anjumanida.

AQŞ 2021 yil kuzida Jo Bayden prezidentligi davrida Afğonistondan öz kontingentini olib çiqib ketgandi. Jumladan, AQŞ qöşinlari Bagromdagi harbiy-havo kuçlari bazasini ham tark etdi.