Bryussel boş vazir Viktor Orbanning Rossiyadan energiya importiga qarşi qöşimça sanksiyalarga qöygan vetosini bekor qilişga urinayotgani sababli, Yevropa komissiyasi Vengriyaga ajratilgan 550 million yevro miqdoridagi YeI mablağlarini taqdim etişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Financial Times (FT) 19 sentabr, juma kuni manbalarga tayanib xabar berdi.

FT'ning qayd etişiça, Yevropa Ittifoqi faqat bir ovozdan yangi sanksiyalarni qabul qilişi mumkin. Ayni paytda, Yevropa Ittifoqida Rossiya neftining sönggi importçilari bölgan Vengriya va Slovakiya yangi taşabbuslarni tösiş va xususan, Rossiyaga qarşi yangi çoralarga veto qöyiş bilan bir neça bor tahdid qilgan.

2022 yilda Yevropa komissiyasi Vengriyaga umumevropa dasturlari doirasida ajratilgan taxminan 22 milliard yevroni muzlatib qöydi. Keltirilgan sabablar orasida sud mustaqilligi, qoçqinlar huquqlari va akademik erkinlik bilan boğliq xavotirlar bor edi. Yevropa Ittifoqi mablağlarni muzlatişdan Budapeşt siyosatiga ta’sir qiliş vositasi sifatida foydalangan.