Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat rasmiylari Falastinning yana bir qança davlatlar tomonidan tan olinişiga keyingi haftada rasmiy javob berişini aytdi. Şuningdek, u Falastin davlati «heç qaçon taşkil etilmasligini» ta’kidladi.

Isroil TIV mamlakat qator davlatlar tomonidan Falastinning tan olinişini rad etişini ma’lum qildi.

«Isroil Buyuk Britaniya va boşqa bir qator davlatlarning Falastin davlatini tan oliş töğrisidagi bir tomonlama bayonotini qat’iyan rad etadi. Bu bayonot tinçlikka hissa qöşmaydi, aksinça - mintaqani yanada beqarorlaştiradi va kelajakda tinç yöl bilan hal qiliş imkoniyatlariga putur yetkazadi», deyiladi bayonotda.

Isroil TIV bunday harakatlarni «Xolokostdan keyingi eng yirik yahudiy qirğinini mukofotlaş va HAMASni qöllab-quvvatlaş» deb atadi.

Avvalroq Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya rasmiylari deyarli bir vaqtda Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi. Yaqin vaqt içida Fransiya va Belgiya rasmiylari ham xuddi şunday qaror qabul qilişi kutilmoqda. Sanab ötilgan davlatlardan taşqari Falastinni BMTga a’zo 193 davlatdan yana 147 tasi tan olgan.