Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston investitsiyalarini Misr bozoriga jalb qilish boshlanadi
O‘zbekiston elchisi Mansurbek Qilichev Misr ta’minot va ichki savdo vaziri doktor Sharif Faruq bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Vazir Sharif Faruqning aytishicha, ichki savdo tizimini takomillashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va bozorlar barqarorligini ta’minlash vazirlikning strategik yo‘nalishlari hisoblanadi.
Uchrashuvda ikki tomonlama savdo hajmini oshirish, logistika hamda ta’minot va tarqatish tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarga e’tibor qaratildi. O‘zbekistonning asosiy mahsulotlarni kuzatish bo‘yicha zamonaviy raqamli tajriba bilan tanishildi. Qayd etilishicha, bu tizim shaffoflikni kuchaytirish, nazoratni samarali tashkil etish va aholiga mahsulotlarni muntazam yetkazib berishga yordam beradi.
Muzokaralar chog‘ida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va ishbilarmonlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish tomonlar manfaatiga to‘liq javob berishi tasdiqlandi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston investitsiyalarini Misr bozoriga jalb qilish va savdo sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026
Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ilk a’zolari e’lon qilindi
17:50 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev AQSh kompaniyalari bilan investitsiya loyihalari istiqbollarini muhokama qildi
20:43 / 15.06.2026