Air Producs sanoat gazlarini işlab çiqariş va yetkazib berişga ixtisoslaşgan. Kompaniyaning bozor kapitallaşuvi 63 milliard AQŞ dollaridan ortiq. Har yili dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida 200 million tonna sanoat gazlarini işlab çiqaradi hamda 750 ga yaqin işlab çiqariş obektlarini boşqaradi.

Özbekistonda yuqori texnologik sanoat korxonalarini taşkil etişga faol sarmoya kiritayotgan yetakçi xalqaro kompaniyalardan biri bilan özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirişning amaliy jihatlari körib çiqildi.
Ayni paytda kompaniyaning mamlakatga investitsiyalari 1 milliard dollardan oşdi. GTL zavodida sanoat gazlarini qayta işlaş, Farğona neftni qayta işlaş zavodida vodorod, "Navoiyzot"da suyuq karbonat angidrid işlab çiqariş, Şokli muzlatiş markazini taşkil etiş kabi loyihalar amalga oşirildi.

Buxoroda gaz-kimyo majmuasini barpo etiş, kömirni gazlaştiriş, ekologik toza aviatsiya yoqilğisi işlab çiqariş loyihalarini jadallaştiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Uçraşuv yakunida kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş böyiça "yöl xaritasi"ni qabul qilişga ahdlaşib olindi.

















