Qişloq xöjaligi yerlarida mahsulot yetiştirişning uzluksizligini ta’minlaş va yerdan foydalaniş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi farmon imzolandi.

Hujjatga köra, tumanlar va şaharlar hokimlari barça böş turgan qişloq xöjaligi yerlarining kadastrga öz vaqtida kiritilişi, foydalaniş huquqining bekor qilinişi va röyxatga olinganidan keyin 10 kundan keçiktirmay elektron auksionga qöyilişi uçun şaxsan javobgar böladi.

Bunday yerlardan mahalliy budjetga tuşadigan ijara daromadlari xalq deputatlari kengaşlari qarori bilan faqat qişloq xöjaligi infratuzilmasini — irrigatsiya, suvni tejaydigan texnologiyalarni rivojlantiriş, yangi va taşlandiq hududlarni özlaştiriş, ilmiy yangiliklarni joriy etiş uçun ajratiladi.

Ijaraçilarga yer uçastkalarining bir qismini (bungaça töliq yoki qisman ijaradagi) minimal maydon talablariga (Yer kodeksining 46−1-moddasi böyiça) amal qiliş hamda çegaralar va mavjud suğoriş tizimlarini saqlanib qoliş şarti bilan boşqa şaxslarga ijaraga beriş huquqi berildi. Bunday holatlar uçun uçastkani ajratiş va yangi çegaralarni belgilaş böyiça yangi davlat xizmati işga tuşiriladi.

Farmonda Özbekistonda qişloq xöjaligi yerlariga mulkçilikning yagona şakli faqat ijara huquqi ekani belgilandi. Mulkçilikning boşqa şakllari röyxatga olinmaydi, bundan quyidagilar mustasno:

  • davlat organlari, muassasalar va korxonalarning ijara huquqidan boşqa turdagi huquq bilan davlat röyxatidan ötkazilgan qişloq xöjaligi yerlari, şuningdek, yer fondining boşqa toifalaridagi qişloq xöjaligi yerlari;
  • 2021 yil 1 avgustga qadar yakka tartibda uy-joy quriş huquqi bilan dehqon xöjaligi va tomorqa xöjaligini yuritiş uçun hamda boğdorçilik va uzumçilik şirkatlariga ajratilgan yerlar.
  • 2027 yilning 1 yanvariga qadar mulkdorlar va foydalanuvçilar mahalliy kengaşlar qarorlari asosida ijaraga beriş huquqlarini özgartirişi mumkin. Özbekiston fuqarolari va yuridik şaxslari uçun ijara muddati 30 yil, xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalar uçun 25 yil.

Mutasaddi taşkilotlarga jarayonning şaffofligini ta’minlaş, ma’lumotlarni E-ijara tizimiga öz vaqtida kiritiş, doimiy foydalanişdagi yer uçastkalarini qayta taqsimlaşni 2026 yil 1 yanvarga qadar yakunlaş hamda ikki oy muddatda ijaraga beriş böyiça yangi normalarni hisobga olgan holda yer qonunçiligini buzganlik uçun javobgarlikni qayta körib çiqiş böyiça qonun loyihasini kiritiş yuzasidan topşiriqlar berildi.