Prezident Şavkat Mirziyoyev Nyu-York şahriga amaliy taşrifning işbilarmonlik dasturi doirasida Blackrock investitsiya kompaniyasi direktorlar kengaşi a’zosi va katta boşqaruvçi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uçraşdi.
Blackrock – Amerikaning aktivlar va fondlarni boşqariş, şuningdek, moliyaviy xizmatlar körsatişga ixtisoslaşgan yirik investitsiya kompaniyasi. Kompaniya aktivlari 11 trillion AQŞ dollaridan oşadi.
AQŞ yetakçi kompaniyasi bilan strategik şeriklikni, eng avvalo, energetika, transport va suv infratuzilmasini rivojlantiriş sohalarida yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Qöşma fond taşkil etiş rejalari qöllab-quvvatlandi. Tez fursatda Platforma konsepsiyasi kelişiladi va qöşma loyihalarni amalga oşiriş boşlanadi.












