Uçraşuv avvalida Serjio Gor AQŞ prezidenti Donald Trampning samimiy salomini yetkazdi.

Joriy yil 5 sentabr kuni ikki mamlakat yetakçilarining telefon orqali muloqotida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş nuqtai nazaridan Özbekiston-AQŞ strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Jadal siyosiy muloqot, turli darajadagi delegatsiyalar almaşinuvi hamda işbilarmonlik aloqalari sur’ati ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Şu kunlarda Nyu-York şahrida AQŞning yetakçi kompaniyalari bilan köplab samarali uçraşuv va tadbirlar ötkazildi. Fuqaro aviatsiyasi, toğ-kon sanoati, moliya va innovatsiyalar, kimyo, energetika va boşqa ustuvor yönalişlarda umumiy qiymati 100 milliard dollardan ziyod bölgan şartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli şakllantirildi.

Yangi loyihalarni qöllab-quvvatlaş va ilgari suriş uçun AQŞ Eksimbanki va DFC jamğarmasi imkoniyatlaridan foydalaniş, ularni amalga oşirişni jadallaştiriş uçun qöşma muvofiqlaştiruvçi qömita ta’sis etiş muhimligi qayd etildi.

Xavfsizlik, terrorizm va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Bölajak tadbirlar rejasi ham körib çiqildi.