AQŞ prezidenti Donald Tramp iqlim inqirozini «eng katta firibgarlik» deb atadi. U BMT Boş Assambleyasida tegişli bayonot bilan çiqdi.
«BMT va boşqa köplab taşkilotlar tomonidan köpinça yomon niyatlarda qilingan bu başoratlarning barçasi notöğri bölib çiqdi. Ularni öz mamlakatlariga qimmatga tuşgan va bu mamlakatlarni muvaffaqiyat qozoniş imkoniyatidan mahrum qilgan ahmoq odamlar yaratgan. Agar siz bu «yaşil firibgarlikdan» voz keçmasangiz, mamlakatingiz muvaffaqiyatsizlikka uçraydi. Men bunday başoratlarni juda yaxşi bilaman», dedi Oq uy rahbari.
Tramp şamol elektr stansiyalarini alohida tanqid qildi, çunki ular «foydalanişda qimmat, ularni doimiy ravişda qayta ta’mirlaş kerak, ular zanglab, çiriy boşlaydi».
Tramp iqlim inqiroziga şubha bilan qaraşi bilan maşhur. U bir neça bor Yerda haroratning kötarilişini tasdiqlovçi tadqiqotlar «manfaatdor odamlar» tomonidan ilgari surilganini ta’kidlagan. Uning ma’muriyatining amaldagi siyosati «yaşil» energiya manbalarini rivojlantirişga emas, balki neft, gaz va kömir qazib olişni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Tramp davridagi Oq uy iqlim tadqiqotlariga ajratiladigan mablağlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirdi.
Tramp AQŞ prezidenti lavozimini egallaganining birinçi kunida Qöşma Ştatlar iqlim böyiça Parij kelişuvidan çiqişi töğrisidagi farmonni imzoladi.












