24 sentabr kuni kunduzi Ukraina dronlari Novorossiysk şahrining markaziy hududlari böylab hujum uyuştirdi, deb xabar beradi Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratev. Xuddi şu vaqtda dengiz dronlari (rossiyalik harbiylar ularni ekipajsiz kater deb ataydi) ham Novorossiysk portiga hujum qilgan — bu Rossiyadagi eng yirik dengiz porti bölib, bu yerda xalqaro Kaspiy quvurlar konsorsiumi (KTK) neft terminali hamda RF Qora dengiz floti harbiy-dengiz bazasi ham joylaşgan.

Region operativ ştabi ma’lumotlariga köra, Novorossiyskka hujum oqibatida yettita turar joy binosi, jumladan, «Novorossiysk» mehmonxonasi şikastlangan. Şevçenko köçasidagi köp qavatli uylardan birining tomi yonib ketgan.
Ikki kişi halok bölgan, yana yetti kişi yaralangan, ular orasida voyaga yetmagan bola ham bor. Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Ulardan 3 nafarining ahvoli oğir.
Şuningdek, 20 ta maşina şikastlangan, ulardan uçtasi butunlay yonib ketgan.
Şaharda favqulodda holat rejimi e’lon qilingan. Rasmiylar dronlar hujumini qaytariş davom etayotganini xabar qilgan. Gubernator şahar aholisidan «xavfsizlik çoralariga rioya qilişni va iloji bölsa, uyda qoliş»ni söragan.
Kaspiy quvurlari konsorsiumi vakillari dronlar hujumi tufayli kompaniya ofisi faoliyati töxtatilganini ma’lum qildi. Bino şikastlangan, xodimlar evakuatsiya qilingan. KTK ma’lumotlariga köra, ularning ikki xodimi yaralangan, biroq «kompaniya işçilari bölmaganlar orasida ham jiddiy jarohatlanganlar» bor.

Rossiya dengiz va daryo transporti federal agentligi (Rosmorreçflot) dronlar hujumidan keyin Novorossiysk dengiz portida port infratuzilmasi va kemalarga zarar yetmaganini ma’lum qildi.
Krasnodar ölkasida dron hujumlari xavfi tufayli Gelenjik şahri rasmiylari har qanday suziş vositalari uçun dengizga çiqiş yölini yopib qöydi, Tuapse va Soçida qirğoq böyidagi odamlar evakuatsiya qilinmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi Novorossiyskka hujum yuzasidan izoh bermadi. Ukraina harbiylari ham bu borada heç qanday bayonot bergani yöq.


















