Xitoy kibermakon ma’muriyati (XKM) salbiy his-tuyğularni keltirib çiqaradigan onlayn kontentga qarşi kuraşga qaratilgan ikki oylik kampaniyani boşladi. Sodda qilib aytganda, rasmiylar internet trollari va provokatorlariga qarşi kuraş kampaniyasiga start berdi.

Asosiy e’tibor reklama uçun foydalaniladigan ijtimoiy tarmoqlar, qisqa video platformalari va strim-translatsiya xizmatlariga qaratiladi. Kampaniya tajovuzkor kontent va «hayotga salbiy munosabatni tarğib qiliş, masalan, yaşaşdan çarçab ketiş» kabi kontentga qarşi turişga qaratilgan. Kuraş yoşlarning iqtisodiy qiyinçiliklar va iş örinlarining yetişmasligidan noroziligini aks ettiruvçi «Sanga madaniyati»ga qarşi kuraşga qaratilgan.

The Register naşrining ta’kidlaşiça, ijtimoiy tarmoqlar kontentni foydalanuvçilarning afzalliklariga moslaştirib, salbiy mavzularni kuçaytiradi. Kampaniya birinçi navbatda salbiy qaraşlarni tarqatayotgan yoki özini asossiz tanqid qilayotganlarga qaratilgan.

Şuningdek, sun’iy intellektning şafqatsiz kontenti ham taqiqlanadi, internet-trollar esa yaşirinişga majbur böladi. Fitna nazariyalari va soxta xabarlarga çek qöyiladi, qoidabuzarlar qattiq jazolanadi. Davlat qoidabuzarlarni qanday jazolaşi xabarda aytilmagan.