Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruği bilan oliy ta’lim yönalişlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Yangi tartibga muvofiq, bakalavriat bosqiçida ekologiya va atrof-muhit, yaşil iqtisodiyot, iqlim özgarişi, qayta tiklanuvçi energiya, suv resurslarini boşqariş, mobil robototexnika, uçuvçisiz uçiş apparatlari (dronlar), barqaror qişloq xöjaligi, ekoturizm hamda temir yöl muhandisligi kabi zamonaviy yönalişlar böyiça mutaxassislar tayyorlanadi.
Magistratura bosqiçida esa xalqaro energetik siyosat, xalqaro suv diplomatiyasi, sirkulyar iqtisodiyot, barqaror moliya, rivojlaniş iqtisodiyoti, ekologiya huquqi, xalqaro savdo huquqi, nazariy va muhandislik fizikasi, urbanistika, barqaror şaharsozlik, iqlimga çidamli örmon xöjaligi va barqaror turizm kabi yangi mutaxassisliklar joriy etildi.
Şuningdek, klassifikatordagi ayrim mavjud yönalişlar nomi ham yangilandi. Xususan, 760-pozitsiyadagi bakalavriat yönalişi «Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlaş» deb qayta nomlandi. 766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi esa «Davlat va harbiy boşqaruv» nomi bilan tasdiqlandi. Bundan taşqari, 799-pozitsiya klassifikatordan çiqarildi.
















