Toşkent viloyatining bir neça tumanidagi boğçalarda ovqatdan zaharlaniş böyiça 1900 nafardan ortiq bola şifoxonaga murojaat qilgan. Bu ma’lumotni Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisi birinçi örinbosari Nurmat Otabekov Kun.uz’ga tasdiqladi.

Ayni vaqtga kelib murojaat qilganlarning 930 nafardan köproğida kasallik belgilari aniqlanmagani bois uyiga javob berilgan. 941 nafar bemorning ahvoli yengil, 22 nafarining ahvoli örta darajada.

Otabekovning ta’kidlaşiça, Piskent, Böka, Bekobod, Oqqörğon, Quyi Çirçiq tumanlaridagi bemorlarning bir qismi kasalxonalarda joy yetişmovçiligi sababli Olmaliq va Nurafşon şaharlariga ham yuborilgan.

Ma’lum qilinişiça, uşbu tumanlarga uçta autsorcer xizmat qilgan, uçalasi ham öşa kefirni Oqqörğondagi Shark Milk Product kompaniyasidan olgan. Mazkur kompaniya Uçtepa tumanida röyxatdan ötgan, ammo işlab çiqariş Oqqörğon tumanida olib borilgan.

Qömita mas’uli qöşimça qilişiça, hozirda uşbu mahsulotdan 540 ta namuna olinib, tahlil işlari ötkazilmoqda.

25 sentabr kuni ertalab Piskent va Böka tumanidagi boğça tarbiyalanuvçilari ovqatdan zaharlanib kasalxonaga yotqizilayotgani haqida dastlabki xabarlar berilgandi. Xabarlarda bunga sifatsiz kefir sabab bölgani aytilgandi. Kun davomida jami 109 nafar bola kasalxonaga yotqizilgani, ularning aksariyati Oqqörğon tumanidagi boğçalar tarbiyalanuvçilari ekani ma’lum bölgandi.

26 sentabr kuni Daryo.uz Toşkent viloyatida ovqatdan zaharlangan boğça bolalari soni 1940 nafarga yetgani, zaharlaniş holatlari jami yetti hududda, Oqqörğon (413 nafar), Böka (537 nafar), Piskent (430 nafar), Quyi Çirçiq (64 nafar), Bekobod (98 nafar) tumanlari hamda Olmaliq (285 nafar) va Nurafşon şaharlarida (113 nafar) qayd etilgani haqida xabar berdi.

Şu kuni «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi bolalarning ommaviy zaharlanişi holatlari yuzasidan Boş prokuraturaga deputatlik sörovi kiritgani ma’lum qilindi. Partiya hodisa sabablarini tekşiriş va aybdorlarni javobgarlikka tortiş zarurligini bildirgan.