Surxondaryoda buzilishga tushgan uy uchun kompensatsiya undirib berishini aytgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Termiz tumanida baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “B.D.” MChJda norasmiy ishlab kelgan O.A. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uning buzilishga tushgan uyi uchun go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordami bilan 623 million so‘m kompensatsiya pulini tezlashtirib undirib berishini aytgan.

U bu xizmati uchun 900 AQSh dollari va 1 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.