Joriy yilning 24 sentabr kuni Toşkent viloyatining Pskent, Böka, Bekobod, Quyi Çirçiq va Oqqörğon tumanlarida maktabgaça ta’lim muassasalari tarbiyalanuvçilarining zaharlaniş holatlari aniqlangandi.
Uşbu holat yuzasidan Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan bir neçta autsorsing xizmatini körsatuvçi xususiy korxonalar mas’ul şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov işi sinçkovlik bilan, töla va sifatli ötkazilişini ta’minlaş maqsadida jinoyat işi Boş prokuratura tomonidan nazoratga olindi hamda boş prokurorning birinçi örinbosari B.Valiyev rahbarligida maxsus işçi guruh tuzildi.
Tergov davomida uşbu autsorsing korxonalar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan barça maktabgaça ta’lim muassasalaridagi tarbiyalanuvçilar töliq tibbiy körikdan ötkazilişi, taşxis-davolaş işlari taşkil etildi.
Hozirda, tibbiy yordam körsatilgan bolalar orasida oğir va öta oğir darajada kasallanganlar mavjud emas, vaziyat şifokorlarning töliq nazoratida, deyiladi xabarda.
Şuningdek, yuqoridagi kabi holatlar takrorlanişining oldini oliş maqsadida prokuratura organlari tomonidan barça davlat maktabgaça ta’lim muassasalariga autsorsing şartnomasi asosida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib berilişi ahvoli yuzasidan örganiş işlari taşkil etildi.












