IES böylab zarba keçqurungi soat yetti atrofida yöllangan. Natijada butun rayonlar toksiz qolgan, jumladan, köçalardagi çiroqlar öçgan, svetoforlar işlaşdan töxtagan, köpçilik liftlarda qamalib qolgan.

Şuningdek, Belgorod IESdan elektr oladigan şahar atrofidagi bir qança aholi yaşaş manzillari, jumladan, Şebekino va Stariy Oskol ham svetsiz qolgan.

Keyinroq gubernator Vyaçeslav Gladkov elektr uzatişda zaxira sxemalariga ötilayotgani va taxminan ikki soatdan keyin elektr ta’minoti tiklanişini aytib çiqdi. Ammo köplab rayonlarda butun tun böyi svet yonmagan. Nasoslar öçişi tufayli suv ta’minotida ham uzilişlar röy bergan.

Duşanba kuni ertalabki holatga köra, Belgorodda uylarning bir qismi elektr va issiqlik ta’minotisiz qolayotgandi. Bir muddat elektr qaytgan uylarda yana çiroqlar öçgan.

Şaharning ayrim hududlarida ertalabdan dökonlar işlamadi, svetoforlar işida uzilişlar davom etdi, ayrim köçalarda tartibga soluvçilar işlaşiga töğri keldi. Kunning ikkinçi yarmiga kelib rasmiylar iste’molçilarning 90 foizi uçun elektr ta’minotini tiklanganini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari gubernator Gladkov yaşaydigan uyda tun böyi çiroq yonib turgani va u yerda «generator ovozi eşitilgani»ga e’tibor qaratişgan. Bunga javoban amaldor «na issiq, na sovuq suvi» bölmagani va işda yuvinişga majbur bölganini aytdi.