Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilning o‘tgan davrida O‘zbekistonda energoresurslar ishlab chiqarish qanday o‘zgardi?
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda gaz qazib olish 4 foizga, neft qazib olish 10 foizga, benzin ishlab chiqarish 14 foizga qisqargan bo‘lsa, dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish 10 foizga oshdi. Shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish ham ko‘paygan. Bunda yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmi 15,5 foizga kamaygan bo‘lsa, kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2,5 barobarga oshgan.
Foto: Getty Images/RIA Novosti
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yilning yanvar-avgust oylaridagi sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha hisobotni e’lon qildi.
Joriy yilning dastlabki 8 oyida umumiy gaz qazib olish hajmi 28,9 mlrd kub metrni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 1,2 mlrd kub metrga yoki 4 foizga, 2023 yilning mos davriga nisbatan esa 2,5 mlrd kub metrga qisqargan.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda gaz qazib olish 53,8 mlrddan 51,67 mlrd kub metrgacha yoki 4 foizga, 2023 yilda 51,67 mlrddan 46,71 mlrd kub metrgacha yoki 9,6 foizga, 2024 yilda esa 46,71 mlrddan 44,59 mlrd kub yoki 4,5 foizga qisqargandi.
2018-2024 yillar oralig‘ida tabiiy gaz qazib olish dinamikasi quyidagicha bo‘lgan:
- 2018 yil – 61,59 mlrd kub metr;
- 2019 yil – 60,71 mlrd kub metr;
- 2020 yil – 49,77 mlrd kub metr;
- 2021 yil – 53,8 mlrd kub metr;
- 2022 yil – 51,67 mlrd kub metr;
- 2023 yil – 46,71 mlrd kub metr;
- 2024 yil – 44,59 mlrd kub metr.
Avvalroq, 2025 yilning 8 oyida 495 mln dollarlik (+24,1 foiz) gaz eksport qilingani va 886 mln dollarlik import amalga oshirilgani (-28 foiz) xabar qilingandi.
Hisobot davrida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan neft qazib olish 485 ming tonnadan 434 ming tonnaga (-10,5 foiz), benzin ishlab chiqarish 898 ming tonnadan 770 ming tonnaga (-14,2 foiz) gaz kondensati ishlab chiqarish 829 ming tonnadan 760 ming tonnaga (-8,3 foiz) qisqargan.

O‘z navbatida dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish 711 ming tonnadan 786 ming tonnaga (+10,5 foiz), ko‘mir qazib olish esa 4,4 mln tonnadan 4,7 mln tonnaga yoki 6,8 foizga oshgan.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hisobda oshgan. Xususan, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida 54,65 mrld kWh elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilning mos davrida 56,41 mlrd kWh’ni tashkil etgan. Bunda yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiya hajmi 15,5 foizga kamaygan bo‘lsa, kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2,5 barobarga oshgan.

O‘z navbatida, hisobot davrida O‘zbekistonda 284 ming 352 dona mashina ishlab chiqarilgan. Bu 2024 yilga nisbatan 24 ming donaga ko‘p.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
10:06 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:35 / 02.12.2025