AQŞ Energetika vazirligi «iqlim özgarişi», «taşlanma», «yaşil» va «dekarbonizatsiya» sözlari va iboralarini «işlatişdan saqlaniş kerak bölgan sözlar röyxatiga» kiritdi, deb yozdi Politico.
Qayd qilinişiça, röyxatda «energetik ötiş», «barqaror rivojlaniş / barqaror», «toza energiya / iflos energiya», «uglerod /CO2 izi» kabi sözlar va iboralar ham bor.
Iqlim özgarişiga olib keladigan çiqindilarni kamaytiriş texnologiyalariga davlat tomonidan sarmoya kiritiş bilan şuğullanadigan Energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya boşqarmasida uşbu iboralardan foydalaniş taqiqlab qöyilgan.
AQŞ prezidenti Donald Trampning iqlim böyiça siyosati avvalgi prezident Jo Bayden ma’muriyati olib borgan siyosatdan keskin farq qiladi.
Bayden davrida yaşil energetika qöllab-quvvatlandi, uning özi bir neça bor global isişdan xavotir bildirdi - masalan, uni insoniyatning mavjudligi uçun yadro uruşidan ham jiddiyroq tahdid deb atadi.
Tramp iqlim bilan boğliq muammolarga işonmasligini ta’kidlamoqda. U 23 sentabr kuni BMT Boş Assambleyasida sözlagan nutqida iqlim özgarişi haqidagi ogohlantirişlar «dunyoda sodir etilgan eng katta firibgarlik» ekanini aytdi. Şuningdek, u turli mamlakatlardagi toza energiya loyihalarini tanqid qilib, ularni «yangi yaşil firibgarlikning» bir qismi, uglerod izini esa «safsata» deb atadi.
AQŞ Energetika vazirligi Trampning siyosatini qöllab-quvvatlamoqda. Politico naşrining ta’kidlaşiça, ötgan hafta vazirlik qayta tiklanadigan energetika sohasidagi 13 milliard dollarlik loyihalarni moliyalaştirişni bekor qilgan. Şuningdek, şamol va quyoş energiyasi uçun imtiyozlarni tanqid qilgan – ular ham bekor qilinişi kutilmoqda.












