Farmonga köra, 2026 yil 1 yanvardan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan quyidagi holatlarni aniqlaş maqsadida yiliga kamida 3 marta davlat kosmik monitoringi ötkaziladi:
🔹 geologiya sohasida – yer qa’ridan özboşimçalik bilan foydalaniş, şu jumladan, ruxsatnomada körsatilgan hududdan taşqariga çiqiş;
🔹 yer munosabatlari sohasida – yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab oliş hamda ularda bino va inşootlar quriş;
🔹 ekologiya sohasida – mavjud çiqindilarni saqlaş joylarida belgilangan hududdan taşqariga çiqiş, şuningdek, noqonuniy yangi çiqindi zonalari vujudga kelişi.
2026 yil 1 martdan belgilangan vakolatli organlar özi aniqlagan huquqbuzarlik holatlari böyiça ma’lumotlarni onlayn ravişda tegişli konturlar kesimida raqamli körinişda integratsiya orqali SGM platformasiga taqdim etib boradi.
Bunda ma’lumotlar ogohlantiriş berilgani, huquqbuzarlik bartaraf etilgani, hujjatlar prokuratura va sud organlarida körib çiqilayotgani töğrisidagi belgilarni öz içiga oladi.











